E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida ishlashni xoxlovchilar uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda vakant bo‘lgan Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz/)da ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
E’tibor bering!
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumotni (71) 241-01-92 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2020 yil 3 noyabrdan 17 noyabrgacha davom etadi.