LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri

Posted on Январь 15, 2021Январь 15, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri

Qorako‘l Xalqaro matematika maktabining 10-sinfida tahsil olayotgan Lazizbek ayni paytda matematika fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi va “Yosh olimlar kengashi” a’zosi. 🔹2018 yilda u Bolgariya davlatining Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiada va Ozarbayjonda o‘tkazilgan matematika, fizika va ximiya fanlari bo‘yicha Xalqaro olimpiadalarning shaxsiy va jamoaviy bellashuvlarida kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 🔹2019 yilda Buxoro ochiq matematika olimpiadasi va “Yosh matematik” olimpiadasida ishtirok etib, 2-darajali diplomlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, matematika fanidan o‘tkazilgan “SEAMO-2019” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida oltin, “SEAMO-2020” olimpiadasining … Continue reading “LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri”

ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldi

Posted on Январь 15, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldi

Qorako‘l tuman xalqaro matematika maktabining 9-sinfida tahsil olayotgan bu iqtidorli o‘quvchi 2019 yilda Janubiy Afrika davlatining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan matematika fani bo‘yicha IMC-2019 Xalqaro olimpiadasida yakka tartibda oltin, jamoaviy hisobda bronza medalini qo‘lga kiritgan. 🔹Shu yili u Ozarbayjon davlatining Boku shahrida o‘tkazilgan “Istedodlarni tayyorlash lobaratoriyasi” olimpiadasida matematika, fizika va ximiya fanlaridan ishtirok etib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 🔹2020 yilning oktyabr oyida matematika fanidan o‘tkazilgan “SEAMO” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 🔹Joriy yilda o‘tkazilgan fan olimpiadalarining viloyat … Continue reading “ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldi”

AKT va informatika yo‘nalishidagi tayanch ixtisoslashgan maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Posted on Январь 12, 2021Январь 12, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on AKT va informatika yo‘nalishidagi tayanch ixtisoslashgan maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida axborot texnologiyalari va informatika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi tashkil etildi. Mazkur tayanch maktabiga 5-sinf o‘quvchilari orasidan o‘qish istagini bildirib, 97 nafar talabgorlar hujjat topshirishgan edi. Bugun, 12 yanvar kuni Xalq ta’limi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda Davlat test markazi bilan birgalikda tasdiqlangan qabul kvotalari asosida iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Sinov natijalariga ko‘ra, 3o nafar eng munosib hamda iqtidorli o‘quvchilar 2020-2021 yilning 2-yarim … Continue reading “AKT va informatika yo‘nalishidagi tayanch ixtisoslashgan maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi”

SOBIQ O’QUVCHILAR QADRDON MAKTABLARIGA KITOB SOVG’A QILISHDI

Posted on Январь 12, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on SOBIQ O’QUVCHILAR QADRDON MAKTABLARIGA KITOB SOVG’A QILISHDI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vobkent tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi tashkil qilindi. Aksiya doirasida maktabning sobiq o’quvchisi, kapitan Alisher Nasullayev, Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari Firdavs Sharopov, Vobkent tuman hududiy gaz ta’minoti bosh muhandisi Ilhom Tojiyevlar tomonidan maktab o’quvchilariga badiiy kitoblar sovg’a qilindi. 10-sinf rahbari Sh.Badriddinova, maktab kutubxonachisi D.Asadova va G.Safarova tomonidan tashkil etilgan “Biz Vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tadbirga bayramona ruh bag’ishladi.

FAN OLIMPIADALARINING VILOYAT BOSQIChI DAVOM ETMOQDA

Posted on Январь 6, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on FAN OLIMPIADALARINING VILOYAT BOSQIChI DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5 yanvar kuni Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan olimpiadalarining viloyat bosqichiga start berildi. Dastlabki kun 11-sinf o‘quvchilari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining 2-bosqich talabalari 14 ta fan yo‘nalishida yozma ish topshiriqlarini bajardilar. Bugun esa ular test sinovlarini topshirishmoqda. Sinovlarda umumta’lim maktablarining 385 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda. Jarayon yakunlangach, ishtirokchilarning har ikkala turda olgan natijalari umumtashtirilib, g‘oliblar aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvariga qadar davom etadigan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida umumta’lim maktablarining … Continue reading “FAN OLIMPIADALARINING VILOYAT BOSQIChI DAVOM ETMOQDA”

BUXORODA XALQARO TADQIQOTLARGA QIZGʻIN HOZIRLIK KO‘RILMOQDA

Posted on Январь 6, 2021Январь 6, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on BUXORODA XALQARO TADQIQOTLARGA QIZGʻIN HOZIRLIK KO‘RILMOQDA

🔹2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro PIRLS baholash tadqiqotlarining asosiy sinov jarayonlariga Buxoro viloyatidagi 12 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining ishtiroki ko‘zda tutilgan. 🔹Ta’til kunlarida ham mazkur maktablarda sinovlarga qizg‘in tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.

BUXORODA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQIChIGA START BERILDI

Posted on Январь 5, 2021Январь 5, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on BUXORODA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQIChIGA START BERILDI

Bugun, 5 yanvar kuni umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi. Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10 yanvarga qadar bo‘lib o‘tadigan 3-bosqich jarayonida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik liseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Ayni paytda viloyat umumta’lim maktablarining 385 nafar 11-sinf o‘quvchilari 14 fan yo‘nalishida yozma ish turida ishtirok etishmoqda. Keyingi kun esa ular test sinovlaridan topshirishadi. Sinov jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishini … Continue reading “BUXORODA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQIChIGA START BERILDI”

Дилфуза Мустафаева: Бухоролик педагогларнинг олдинда янада юксак довонларни кўзлаган режалари бор

Posted on Январь 4, 2021Январь 4, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on Дилфуза Мустафаева: Бухоролик педагогларнинг олдинда янада юксак довонларни кўзлаган режалари бор

“Янги Ўзбекистон – мактаб остонасидан бошланади”, деган ғоя асосида умуммиллий таълим-тарбия тизимини тубдан ислоҳ қилишга киришилгани таҳсинга лойиқ. Давлатимиз раҳбари томонидан “Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони, “Таълим-тарбия тизимини янада такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарорининг имзоланганлиги тизимда муҳим тарихий воқеа бўлди. Мазкур ҳужжатларда таълимда мавжуд муаммоларнинг ечимлари аниқ кўрсатилган. Яқин беш йил ичида ўз натижасини кўрсатадиган, мамлакат қиёфасини тубдан ўзгартиришга асос бўладиган қудратли манба бўлиб хизмат қилади. Бу эса эндиликда ҳар бир тизим … Continue reading “Дилфуза Мустафаева: Бухоролик педагогларнинг олдинда янада юксак довонларни кўзлаган режалари бор”

ҚАЛБЛАРГА САНЪАТГА МЕҲР УЙҒОТИБ….

Posted on Январь 4, 2021Январь 4, 2021Categories Yangiliklar   Leave a comment on ҚАЛБЛАРГА САНЪАТГА МЕҲР УЙҒОТИБ….

ФИДОЙИ УСТОЗ Истеъдодли рассом, ажойиб мўйқалам соҳибаси Салима Носирова 2012 йилдан буён Бухоро вилоят “Баркамол авлод” болалар мактабида “Тасвирий санъат” тўгараги раҳбари сифатида фаолият юритиб келмоқда. Фаолияти давомида юзлаб ўқувчилар қалбида тасвирий санъатга иштиёқ уйғотиб, уларнинг бу йўналишдаги иқтидорларини кашф этишга, юзага чиқаришга муваффақ бўлди. Салимадан санъат сирларини ўрганиб келаётган ўқувчи-ёшлар орасида вилоят ҳамда республика танловларида юқори натижаларга эришаётганлари ҳам талайгина. 2016 йилда Муниса Йўлдошева “Баркамол авлод”болалар ижодиёти фестивалининг республика босқичида биринчи ўринга сазовор бўлди. 2019 йилда Азамат Ражабов “Ижодкор … Continue reading “ҚАЛБЛАРГА САНЪАТГА МЕҲР УЙҒОТИБ….”

JONDORDA “YoSHLAR FESTIVALI” HAFTALIGI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

Posted on Декабрь 21, 2020Categories Yangiliklar   Leave a comment on JONDORDA “YoSHLAR FESTIVALI” HAFTALIGI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

Viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jondor tumanida ham “Yoshlar festivali” haftaligi qizg‘in davom etmoqda. Bugun, 21 dekabr kuni tumandagi 14-sonli musiqa va san’at maktabida “Ijod va she’riyat kechasi” hamda “Maqom va qo‘shiqlar” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotga, san’atga ishtiyoqmand yosh havaskor o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini namoyish etdilar. Matematika maktabida esa “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in kechgan ushbu intellektual musobaqaning final bosqichida 4 ta jamoa o‘zaro bellashib, yakunda 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari g‘oliblikka erishishdi. Tumanning “Oxshix” sport majmuasida tashkil etilgan … Continue reading “JONDORDA “YoSHLAR FESTIVALI” HAFTALIGI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA”