

Fuqarolarni qiynayotgan muammo va tashvishlarni aritish, ularga har tomonlama ko‘mak berish davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotgan ayni bir paytda Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
2022- yilning 2-choragi davomida xalq ta’limi boshqarmasiga jami 156 ta murojaatlar kelib tushgan.
Yozma murojaatlarning 34 tasi pedagoglar tomonidan, 28 tasi ota-onalar, qolgan 14 tasi esa mahalla faollari hamda fuqarolar tomonidan yo‘llangan.
Viloyat xalq ta’limi tizimiga kelgan murojaatlarning aksariyati, ya’ni 41 tasi ta’lim muassasalarini qurish – ta’mirlash, 12 tasi ishga joylashtirish, 6 tasi ta’lim muassasalari rahbarlarining nojo‘ya hatti-harakatlari masalalari bilan bog‘liq.
Har bir murojaat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan mavjud holatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Buning natijasida 156 ta murojaatning 127 tasi o‘z joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 29 tasi esa tushuntirish, huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali qanoatlantirildi.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan har haftaning shanba kuni “Xalq qabuli kuni” deb e’lon qilindi. Bu tizimda olib borilayotgan islohotlarga keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Xalq qabuli kuni” doirasida 2022- yilning ikkinchi choragida barcha shahar va tumanlarda xalq ta’limi bo‘limi rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etilib, fuqarolarning tizimga oid murojaatlari o‘rganilib, aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.