

🔹Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Amirbek Raupov bir necha yildan buyon sportning dzyudo turi bilan shug‘ullanib keladi.
🔹Muntazam mashqlar va tinimsiz intilishlar natijasida bu tirishqoq sportchi qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
🔹Yaqinda Amirbek Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi musobaqasida 90 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi