

#вилоят_ўқув_семинари
2022-yilning yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishga oid kompleks chora-tadbirlar va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat o‘quv-seminari tashkil etildi.
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan mazkur seminarda 134 nafar sog‘lomlashtirish maydonchalari rahbarlari, tuman(shahar) ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha shoʻba rahbarlari va “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari ishtirok etdilar.
Aytish joizki, bu yilgi mavsumda viloyatda hozirlangan 145 ta stasionar–shaharorti va sog‘lomlashtirish maydonchalari, ya’ni kunduzgi oromgohlarda 17 ming 825 nafar o‘g‘il-qiz sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan. Shundan, 11 ta stasionar oromgohda 6 ming 650 nafar, ya’ni 2,9 foizga teng, shuningdek, 134 ta sog‘lomlashtirish maydonchasi–kunduzgi oromgohda 11 ming 175 nafar bolani sog‘lomlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur sog‘lomlashtirish maydonchalari kunduzi soat 9: 00 dan 14:00 gacha faoliyat yuritadi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Kasaba uyushmalari tashilotlari birlashmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligidagi o‘quv-seminar dasturi doirasida oromgohlarga biriktirilgan pedagog-xodimlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Oromgohlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni mazmunli sog‘lomlashtirish va dam oldirishni tashkil etish, oromgohlarda tashkil etiladigan kutubxonalarni lotin yozuvidagi badiiy, ijtimoiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muddatli o‘quv-kursi yakunida tinglovchilarga viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkilotchilari uchun uslubiy tavsiya”lar kitobi tarqatildi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati