

#эътироф
🔹Xabaringiz bor, “Ustoz-2021” milliy tanlovining final bosqichida Buxoro shahridagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Hilola Norova “Mehridaryo Ustoz” nominasiyasi g‘olibi bo‘lgan edi.
🔹 Shuningdek, tanlovda muvaffaqqiyatli ishtirok etgan Buxoro tumanidagi 2- maktab o‘qituvchisi Dilbar Karyag‘diyeva, Romitan tumanidagi 11-maktab o‘qituvchisi Gulruxsor Jumayeva, Kogon shahridagi 7-maktab o‘qituvchisi Faxriniso Muhiddinova va Shofirkon tumanidagi 30-maktab o‘qituvchisi Gulnavoz Tog‘ayevalar final bosqichi sovrindorlari safidan o‘rin oldi.
🔹Kuni kecha ushbu o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari Respublika ta’lim markazi tomonidan o‘rganib chiqilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika miqyosida ommalashtirildi.