

#Milliy_reyting_2022
Bugun, 13-may kuni Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida milliy reyting jarayonlari boshlandi.
Mazkur reytingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maxsus dasturi yordamida tanlab olingan 54 ta umumta’lim maktablari ishtirok etmoqda.
Ushbu jarayonlar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan olib boriladi.
Tanlangan maktablar ro‘yxati bilan tanishing:
Buxoro shahar 5-, 18-, 22-, 26-;30-;
Kogon shahar 2-,
Buxoro tumani 5-, 12-, 22-, 29-, 37;
Vobkent tumani 6-, 12-, 9-, 32-;
Romitan tumani 7-, 8-, 27-, 28-;
Jondor tumani 4-, 10-, 20-, 26-, 30-;
Peshku tumani 6-, 23-, 30-, 36-, 42-;
Shofirkon tumani 7-, 14-, 32-, 43-, 47-, 49-;
Gʻijduvon tumani 13-, 25-, 30-, 32-, 33-,52-, 54;
Qorovulbozor tumani 4-;
Kogon tumani 17-, 19-;
Olot tumani 9-, 16-, 21-, 33-;
Qorako‘l tumani 10-, 11-, 24-, 38-, 45-umumta’lim maktablari
Maktablarning 9-sinflari qura tashlash yo‘li bilan tanlanib, 1 ta sinf o‘quvchilaridan ona tili, matematika va fizika fanlaridan yozma ish, shuningdek, boshqa bir 9-sinf o‘quvchilaridan hamda maktabning fan o‘qituvchilardan so‘rovnoma olinadi.
Ikki kun davom etadigan nazorat sinovlari jarayonida 54 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-sinf o’quvchilarining bilim darajasi baholanib, respublikadagi o‘rni belgilanadi. Shuningdek, tuman va viloyatlar reytingi chiqariladi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati