

Qorako‘l tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi B.Qning ijtimoiy tarmoqlar orqali viloyat hokimiga qilgan murojaati xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatda maktabda yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan B.Q. mazkur shtat tugatilgach, mas’ullarning e’tiborsizligi tufayli 10 soat dars bilan qolganligi, maktab rahbarlarining mas’uliyatsizligi sabab o‘quv va manaviy ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, o‘quvchilar davomati qoniqarsiz ahvolda ekanligidan shikoyat qilinadi.
O‘rganishlar jarayonida maktab direktorining buyrug‘i bilan B.Q.ga 16 soat dars ajratilganligi aniqlandi. Bundan tashqari yangi tayinlangan maktab direktori tomonidan o‘quv va ma’naviy ishlar bosqichma-bosqich tartibga solinmoqda. Maktab rahbariyatining mahalla va tuman IIB hamkorligida darslarga sababsiz muntazam ishtirok etmayotgan o‘quvchilarni darsga jalb qilish bo‘yicha olib borayotgan amaliy ishlari natijasida o‘quvchilar davomati ayni paytda 90 foizga yetkazilgan.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2022- yilning 7-may kuni boshlang‘ich sinflar uchun o‘qish kuni sifatida belgilanganligi haqidagi xabarnomadan barcha ota-onalarni tezkorlik bilan xabardor etish imkoniyati bo‘lmaganligi uchun maktabning ichki buyrug‘i asosida 7-may kuni boshlang‘ich sinflarga o‘tilishi kerak bo‘lgan darslar 14-may sanasiga ko‘chirilgan.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati