Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida axborot texnologiyalari va informatika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi tashkil etildi.
Mazkur tayanch maktabiga 5-sinf o‘quvchilari orasidan o‘qish istagini bildirib, 97 nafar talabgorlar hujjat topshirishgan edi.
Bugun, 12 yanvar kuni Xalq ta’limi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda Davlat test markazi bilan birgalikda tasdiqlangan qabul kvotalari asosida iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Sinov natijalariga ko‘ra, 3o nafar eng munosib hamda iqtidorli o‘quvchilar 2020-2021 yilning 2-yarim yilligidan boshlab axborot texnologiyalari va informatika yo‘nalishidagi tayanch maktabida ta’lim olishni boshlaydi.