Korrupsiyaga qarshi kurash

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari 6 oyda 33 marotaba hududlarda xizmat safarlarida bo‘lib 12 million so‘m xarajat qildi

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari 6 oyda 33 marotaba hududlarda xizmat safarlarida bo‘lib 12 million so‘m xarajat qildi

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari 6 oyda 33 marotaba hududlarda xizmat safarlarida bo‘lib 12 million so‘m xarajat qildi 

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 16 iyundagi Farmoniga muvofiq rasmiy saytida xodimlarning xizmat safarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilmoqda.

Joriy yilning dastlabki yarim yilligida joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’limni rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish maqsadida hamda viloyat ishchi gi guruhlari tarkibida  xalq ta’limi boshqarmasi  rahbariyati hamda  mutaxassis xodimlari 33  marta viloyatning  turli hududlariga xizmat safarlarini amalga oshirgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur safarlar uchun 12 million  so‘m miqdorida xarajat qilingan.

Aytish joizki, xizmat safarlari doirasida maktablarda yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, maktablarda ta’lim darajasini oshirish, ta’lim muassasalarining yer maydonlari va daxlsizligi, ulardan unumli foydalanish, maktab binolarini soz holatda saqlash kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

Buxoro viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasining 2021-yilga moʻljallangan ish rejasi

Ish rejani koʻrish uchun tugmani bosing.

BOSHQARMA HUZURIDA “JAMOATCHILIK KENGASHI” FAOLIYAT YURITMOQDA 

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2017- yil 15- noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018- yil 29- martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018- yil 12- aprelda tasdiqlangan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni o‘rganib chiqib, ushbu qonun talablarini bajarish maqsadida 2021- yilning 15- iyun kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi umumiy yig‘ilishining qarori bilan boshqarma huzurida “Jamoatchilik kengashi” tuzilgan

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi  “Jamoatchilik kengashi” tarkibi:

1.  O.Hafizov  -Pedagogik psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shu’basi mudiri

2.  M.Husenov  -kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

3.  A.Rustamova  -metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i

4.  N.Niyozov  -ta’lim sifati monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi

5.  I.Oripova  -boshqarmaning matbuot xizmati

BOSHQARMA TASARRUFIDAGI  AVTOTRANSPORTLAR 

 

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tassarrufida 2 ta xizmat avtomashinasi  mavjud.

Avtomashina rusumlari:

GENTRA

DAMAS

 2021 yilning 6 oyi davomida mazkur avtotransportlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun 11 million 848 ming 916 so‘m xarajat qilingan.

BOSHQARMA HUZURIDAGI XARID KOMISSIYASI

🔹Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyati uchun olinadigan tovar va xizmatlar narxini aniqlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining 2020 yil 10 mart sanasidagi 153- buyrug‘iga asosan tanlov komissiyasi tuzilgan.

🔹Mazkur komissiya tarkibi qo‘yidagilardan iborat: 

Komissiya raisi:       boshqarma boshlig‘i             D. Mustafayeva

Komissiya a’zolari:   boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari    H. Rajabzoda

Huqushunos                           N. Sharipov

Bo‘lim boshlig‘i                        U. Ashurov

Bo‘lim boshlig‘i                         A. Babakulov

Bo‘lim boshlig‘i                         N. Ibragimov

Mutaxassis                               F. Sharopov

❇️BOSHQARMA TASARRUFIDAGI TASHKILOT VA MUASSASALARIDAGI XIZMAT AVTOTRANSPORTLARI

🔹Boshqarma tasarrufidagi tashkilot va korxonalarda jami 16 ta xizmat avtotransportlari mavjud.

🔹 xizmat avtotransportlarining rusumlari:

13 ta Nexia 3

1 ta Lasetti 

1 ta Damas

1 ta Matiz

BOSHQARMA TOMONIDAN 2021- YILNING 6  OYI DAVOMIDA  TO’G’RIDAN-TO’G’RI  SHATNOMALAR BO’YICHA  AMALGA OSHIRILGAN  DAVLAT XARIDLARI 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan olti oyi davomida to’g’ridan-to’g’ri  shatnomalar bo’yicha: 

🔹Qishloq joylaridagi 363 ta umumta’lim maktablariga “Xalq so‘zi” gazetasi yetkazib berish maqsadida 122 million 926 ming 320 so‘m;

🔹Qishloq joylaridagi 363 ta umumta’lim maktabiga “ Uchitel Uzbekistana”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Til va adabiyoye”, “Xalq ta’limi” nashrlarini yetkazib berish maqsadida  319 million 67 ming 925 so‘m;

🔹Umumta’lim maktablarini 2021-2022 o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 2 milliard 365 million  162 ming 800 so‘m;

🔹Umumta’lim maktablaridagi internet tarmog‘i  EDUCATION ta’riflariga ulash maqsadida 1 milliard 51 million 627 ming 352 so‘mlik xaridlar  amalga oshirldi.