Buxoro viloyati xalq ta’limi tizimida kecha va bugun: OXIRGI BESH YIL ICHIDA OLIY TOIFALI O‘QITUVCHILAR SONI QARIYB 7 MING NAFARGA OSHDI

Buxoro viloyati xalq ta’limi tizimida kecha va bugun:

OXIRGI BESH YIL IChIDA OLIY TOIFALI O‘QITUVCHILAR SONI QARIYB 7 MING NAFARGA OSHDI

Bugun mamlakatimizning qay bir sohasini olib qaramaylik, ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlarga yuz tutayotganiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, xalq ta’limi tizimida keyingi yillarda salmoqli islohotlar amalga oshirildi. Buni birgina Buxoro viloyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Keling, buni keyingi besh mobaynidagi raqamlar orqali qiyosiy tahlil qilamiz.

2016 yilda: viloyatda 536 ta maktabda 22871 nafar pedagog kadrlar asosiy shtatda va 687 nafar o‘rindosh sifatida faoliyat olib borgan. Pedagoglarning 19223 (84,4%) nafari oliy, 3648 (15,6%) nafari o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lib, 633 (2,7%) nafari oliy, 4048 (17,6%) nafari 1-, 9047 (39,5%) nafari 2-toifali, 9143 (39,9%) nafari esa mutaxassis malaka toifalariga ega bo‘lishgan. Tizimda erkak o‘qituvchilar soni atigi 5486 nafarni tashkil etgan.

2021 yilda viloyatdagi 536 ta umumta’lim maktablarida 329 ming 787 nafar o‘quvchi tahsil olib, o‘quv jarayonini 28 ming 575 nafar pedagog olib bormoqda. Ta’lim sifati va samaradorligi ushbu jarayonni olib boruvchi pedagogning salohiyatiga bog‘liq. Shu bois ham ta’lim muassasalarini salohiyatli pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pedagoglarning 26 145 nafari, ya’ni 91,5 foizi oliy, 116 nafari(0.4%) tugallanmagan oliy, 2 314 nafari, ya’ni 8,1 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. O‘qituvchilarning 1716 nafari(6%) (Respublikada 1-o‘rinda)oliy, 5 044 nafari (17.7%) birinchi, 8 461nafari (29.6%) ikkinchi, 10 924 nafari (38.2%) mutaxassis toifaga ega. O‘qituvchilarga berilayotgan imkoniyatlar tufayli viloyat xalq ta’limi tizimida erkak o‘qituvchilarning soni 2020 yilda 2016 yilga nisbatan 1 612 nafarga oshib, 7 099 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich umumiy o‘qituvchilar soniga nisbatan 24,8 % ni tashkil etmoqda.

Umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish borasida 2021 yilning birinchi choragi davomida 2058 nafar pedagoglar malaka oshirish kurslariga jalb qilindi. Shuningdek, barcha fanlar yo‘nalishida 165 ta tayanch maktabida 300 ga yaqin trener-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. 22 ta o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi, fan metodistlari tomonidan 54 ta metodik tavsiya, 95 ta namunali dars ishlanmalari va test topshiriqlari namunalari, 400 dan ortiq dars taqdimotlari tayyorlanib ta’lim muassasalariga yetkazildi.

2020-2021 o‘quv yili mobaynida 48 nafar o‘qituvchining ish tajribasi viloyatda, 30 nafar o‘qituvchining ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirildi. Yana 14 nafar o‘qituvchilarning ishi Respublika ta’lim markazining Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etildi.

Fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish borasida rus tili fanining o‘qitilish samaradorligini oshirishda “Klass” loyihasi doirasida 7 nafar rossiyalik, ingliz tili bo‘yicha “English Speaking Nation” loyihasi asosida 2 nafar amerikalik ekpertlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning mart oyidan ingliz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan yangi loyiha ish boshladi. Loyiha jarayonida viloyat o‘qituvchilarining til bilish darajalari o‘rganilib, natijalar asosida ular bilan til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va malaka oshirish ishlari olib boriladi. Buning samarasi o‘laroq, til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar qamrovini 11 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *