BUXOROLIK 7 NAFAR XORIJIY TIL O‘QITUVChILARINING ILGʻOR ISH TAJRIBALARI RESPUBLIKA MIQYoSIDA OMMALASHTIRILDI

Ayni paytda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech birimizga sir emas.

Bu jarayonda albatta, o‘qituvchi salohiyati muhim rol o‘ynaydi. Aytish joizki, Buxoro viloyatida ham ingliz tili fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, salohiyatini yuksaltirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Respublika ta’lim markazi tomonidan buxorolik xorijiy tillar o‘qituvchilaridan 7 nafarining ilg‘or ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilgani ham ana shu loyihalarning samarali natijasidir.

Ijodkor, izlanuvchan va o‘ziga xos mahorat egasi bo‘lgan o‘qituvchilarimiz bilan tanishing:

Buxoro shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Laylo Haydarovaning “Ingliz tili fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlar va ko‘rik-tanlovlarning ahamiyati” qo‘llanmasi;

Buxoro shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Zilola Raximovaning “Methodical recommendation for novice teachers and graduate students” qo‘llanmasi;

Buxoro tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Mahfuza Safarovaning ish tajribasi;

Gʻijduvon tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Venera Sobirovaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Funny letters”, “Smart kids”, “Easy English” qo‘llanmalari;

Munisa Aslonova
Gʻijduvon tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Munisa Aslonovaning “Vorteile der Verwendung aus den interaktiven Methoden im DAF Unterricht” metodik to‘plamida berilgan “Germaniya xalqining madaniyati” nomli o‘quv loyiha ishlanmasi va 5-sinflar uchun nazorat ishlari;

Vobkent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Feruza Jo‘rayevaning taqdimotlari;

Shofirkon tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Sadoqat Allamovaning taqdimotlari respublika ta’lim markazi tomonidan ommalashtirildi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *