Yangicha tashabbus ❇️BUXORO MAKTABLARIDA “ORZUIM” LOYIHASI

?Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Maktab travel” turistik agentligi hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltiruvchi “ORZUIM” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

? Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari ishtirokida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli tashkilotlar va hunarmandchilik markazlariga sayohatlar uyushtiriladi.

? Sayohat mobaynida shuningdek, o‘quvchilar tarixiy obidalar, qadamjolar va me’moriy yodgorliklar bilan ham tanishadilar.

?Buxoro shahridagi 4-IDUM o‘quvchilari “Orzuim” loyihasining ilk ishtirokchilari bo‘lishdi. “Buxoro cotton textile cluster” korxonasida bo‘lib, yirik korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mutaxassislar yo‘lboshchiligida jarayonlarni bevosita kuzatishdi.

?Taassurotlarga boy bo‘lgan zavqli sayohat davomi “Labi Hovuz” majmuasida madaniy hordiq chiqarish bilan kechdi.
? buxorovxtb (https://t.me/bvxtb)

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *