HAR BIR MUROJAAT BOSHQARMA BOSHLIGʻI E’TIBORIDA BO‘LDI

?Bugun, 12 fevral kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva Peshko‘ tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

?Qabulda fuqarolar tomonidan maktabga qo‘shimcha bino qurib berish, qo‘shimcha sinf xonalari tashkil etish, isitish tizimlarini ta’mirlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi masalalarga qaratilgan o‘nga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

?Boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir murojaatga jiddiy e’tibor qaratilib, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi.

?Qabul jarayonida fuqarolardan tushgan har bir murojaatga nisbatan tegishli mutasaddilar ishtirokida tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ijrosi nazoratga olindi.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *