Tahlil va natija MUROJAATLAR HAMISHA E’TIBORDA

Fuqarolarni qiynayotgan muammo va tashvishlarni aritish, ularga har tomonlama ko‘mak berish davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotgan ayni bir paytda Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
2020 yil davomida xalq ta’limi boshqarmasiga jami 73 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 25 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 27 tasi Xalq ta’limi vazirligining ishonch telefoni orqali, 14 tasi bevosita xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i nomiga kelib tushgan, 7 tasi esa turli arizalarni tashkil etadi.
Yozma murojaatlarning 36 tasi pedagoglar tomonidan, 18 tasi ota-onalar, qolgan 19 tasi esa mahalla faollari hamda fuqarolar tomonidan yo‘llangan.
Viloyat xalq ta’limi tizimiga kelgan murojaatlarning aksariyati, ya’ni 23 tasi ta’lim muassasalarini qurish – ta’mirlash, 15 tasi ishga joylashtirish, 12 tasi ta’lim muassasalari rahbarlarining nojo‘ya hatti-harakatlari masalalari bilan bog‘liq.
Har bir murojaat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan mavjud holatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Buning natijasida 73 ta murojaatning 62 tasi o‘z joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 11 tasi esa tushuntirish, huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali qanoatlantirildi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *