“SAYYOR QABUL OYLIGI” DOIRASIDA O‘NLAB MUROJAATLAR O‘Z JOYIDA YECHIM TOPDI

Fuqarolarni qiynayotgan muammo va tashvishlarini aritish, ularga har tomonlama ko‘mak berish ayni paytda har bir davlat idorasi, tashkilot rahbarining eng dolzarb va ezgu vazifasiga aylandi.
Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan 2020 yilning 10 dekabridan 2021 yilning 10 yanvariga qadar joriy etilgan “Sayyor qabul oyligi” ham tizimda olib borilayotgan islohotlarga keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Aytish joizki, mazkur oylik Buxoro viloyatida ham nihoyatda samarali kechdi. Oylik doirasida 2020 yilda barcha shahar va tumanlarda xalq ta’limi bo‘limi rahbarlarining sayyor qabullari tashkil etilib, fuqarolarning tizimga oid 70 dan ortiq murojaatlari o‘rganilib, aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.
Jumladan, 2020 yilning 29 dekabr kuni Shofirkon tumanida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbar va mas’ullarining sayyor qabullari bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbar va mas’ullari, barcha shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Ishga joylashtirish va maktabni jihozlash, dars soatlarini ko‘paytirib berish, qurilish-ta’mirlash kabi masalalarga oid aksariyat murojaatlarga shu joyning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *