SAYYOR DARSLAR O‘QUVChILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI OSHIRMOQDA

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko‘nikmalarini ham shakllantirib borishdan iboratdir.
Jondor tumanidagi 5-umumta’lim maktabida ham o‘quvchilarga zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirib borish, kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasb mashaqqati va foydasi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun maktab yaqinidagi tandirsozlik, duradgorlik, issiqxona hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida sayyor darslar tashkil qilinmoqda.
-Maktabning vazifasi o‘quvchiga bilim beribgina qolmay, uning kelajakdagi ma’lum bir kasb egasi bo‘lishiga zamin yaratishdan iborat,-deydi 5 -umumta’lim maktabi direktorining o‘rinbosari Fazliddin Zubaydullayev. –Bu kabi sayyor darslar ayni shu maqsad yo‘lida xizmat qiladi.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *