13 YOSHLI JAVOHIR – XALQARO OLIMPIADALAR GʻOLIBI

HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko‘magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlaridan o‘quvchilar ishtirok etib kelishmoqda. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar ingliz tilida so‘zlashish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalari bo‘yicha bellashadilar.

Yosh bo‘lishiga qaramay, tirishqoqligi, izlanuvchanligi tufayli ingliz tilini chuqur o‘rganishga kirishgan Buxoro shahridagi 12-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Javohir Mirzaqulov ushbu olimpiadaning faol ishtirokchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Iqtidorli o‘quvchi ushbu olimpiadaning 2020 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Dastlabki bosqichdagi ilk muvaffaqiyat Javohirni yangi marralar sari undadi. Tajribali ustozlari yordamida juda puxta tayyorlangan holda u Hippo 2020 olimpiadasining mart oyida bo‘lib o‘tgan Xalqaro bosqichida ishtirok etdi. Dunyoning 30 ta davlati vakillari bellashgan ushbu musobaqada Javohir belgilangan 80 baldan 56 balni qo‘lga kiritdi.

O‘z ustida tinimsiz izlanishlari, intilishlari natijasida u Buyuk Britaniya davlati tomonidan tashkil etilgan “ESOL CADETS” va Angliyaning “KEYBOARDING” onlayn olimpiadalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari Javohir Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlar, musobaqalarda ham faol qatnashib, 20 dan ortiq faxriy yorliq hamda dimlomlarni qo‘lga kiritdi.

Yuksak marralarni ko‘zlagan bu iqtidorli o‘quvchi yaqinda “NATIONAL SPELLING BEE 2021” olimpiadasi uchun o‘tkazilgan respublika saralash bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Bu yutug‘i uchun unga 2021 yil davomida xalqaro olimpiadalarda bepul ishtirok etish imtiyozi berildi.

Jahongirning keyingi ishtiroklarida omad tilaymiz!

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *