BUXOROLIK O’QUVCHI “BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHISI” LOYIHASI GRANTINI QO‘LGA KIRITDI

Otabek Sharipov G’ijduvon tumanidagi 17- maktabning 10- sinfida tahsil oladi. Ayni paytda jamiyatning barcha sohalarida zarur bo’lgan zamonaviy dasturlash yo’nalishi bo’yicha o’z bilimini oshirib borayotgan bu iste’dodli o’quvchi mahalliy va xorijiy davlatlar tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, dasturlashning turli yo’nalishlari bo’yicha 10 ta diplom, dasturlash tillari bo’yicha o’quv kurslarini yakunlab 20 ta sertifikatga ega bo’ldi.
Yaqinda “Bir Million O’zbek Dasturchisi” loyihasida Nanodegree granti uchun bo’lgan imtihonda yuz foizlik natija ko’rsatib, Udacity platformasida bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
-Prezidentimizning 2020-yilning 25-dekabrida “Yoshlar forumi”da so’zlagan har bir so’zlari barcha yoshlar qatori menga ham yangicha kuch-g’ayrat bag’ishladi,-deydi Otabek. – Ayniqsa, “Bir soniya vaqtingiz bekor o’tmasin, yoshlik umrning eng bebaho davri, ilm o’tda yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanligini aslo unutmang” degan purma’no o’gitlari qalbimdan chuqur joy olib, o’z ustimda yanada ko’proq ishlashga, izlanishga undadi.

Endilikda men dasturlash yo’nalishidagi bilimlarimni yanada boyitib, bor salohiyatim va imkoniyatimni Yangi O’zbekistonning jahon maydonida o’z o’rni va nufuziga ega bo’lishi yo’lida safarbar etishni maqsad qilganman.

EDIT

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *