LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri

Qorako‘l Xalqaro matematika maktabining 10-sinfida tahsil olayotgan Lazizbek ayni paytda matematika fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi va “Yosh olimlar kengashi” a’zosi.
?2018 yilda u Bolgariya davlatining Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiada va Ozarbayjonda o‘tkazilgan matematika, fizika va ximiya fanlari bo‘yicha Xalqaro olimpiadalarning shaxsiy va jamoaviy bellashuvlarida kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
?2019 yilda Buxoro ochiq matematika olimpiadasi va “Yosh matematik” olimpiadasida ishtirok etib, 2-darajali diplomlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, matematika fanidan o‘tkazilgan “SEAMO-2019” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida oltin, “SEAMO-2020” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *