SOBIQ O’QUVCHILAR QADRDON MAKTABLARIGA KITOB SOVG’A QILISHDI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vobkent tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi tashkil qilindi.
Aksiya doirasida maktabning sobiq o’quvchisi, kapitan Alisher Nasullayev, Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari Firdavs Sharopov, Vobkent tuman hududiy gaz ta’minoti bosh muhandisi Ilhom Tojiyevlar tomonidan maktab o’quvchilariga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.
10-sinf rahbari Sh.Badriddinova, maktab kutubxonachisi D.Asadova va G.Safarova tomonidan tashkil etilgan “Biz Vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tadbirga bayramona ruh bag’ishladi.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *