FAN OLIMPIADALARINING VILOYAT BOSQIChI DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5 yanvar kuni Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan olimpiadalarining viloyat bosqichiga start berildi.
Dastlabki kun 11-sinf o‘quvchilari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining 2-bosqich talabalari 14 ta fan yo‘nalishida yozma ish topshiriqlarini bajardilar. Bugun esa ular test sinovlarini topshirishmoqda.
Sinovlarda umumta’lim maktablarining 385 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Jarayon yakunlangach, ishtirokchilarning har ikkala turda olgan natijalari umumtashtirilib, g‘oliblar aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvariga qadar davom etadigan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida umumta’lim maktablarining 1128 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *