BUXORODA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQIChIGA START BERILDI

Bugun, 5 yanvar kuni umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi.
Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10 yanvarga qadar bo‘lib o‘tadigan 3-bosqich jarayonida shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik liseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Ayni paytda viloyat umumta’lim maktablarining 385 nafar 11-sinf o‘quvchilari 14 fan yo‘nalishida yozma ish turida ishtirok etishmoqda. Keyingi kun esa ular test sinovlaridan topshirishadi.
Sinov jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullar biriktirilib, har bir xonaga kuzatuv kameralari nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 kun davom etadigan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida umumta’lim maktablarining 1128 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *