MUROJAATLAR TIZIM XODIMLARI E’TIBORIDA

🔹Odamlarning dardiga malham bo‘lish, ularning muammo va tashvishlarini aritish ayni paytda har bir davlat idorasi, tashkilot rahbarining bugungi dolzarb va ezgu vazifasiga aylandi.

🔹Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan joriy etilgan “Sayyor qabudl oyligi” ham tizimda olib borilayotgan islohotlarga keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilish maqsadini o‘zida mujassam etganligi bilan ahamitli.

🔹Bugun, 21 dekabr kuni mazkur oylik doirasida Qorako‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbar-xodimlarining sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Ochiq va xolisona tarzda o‘tayotgan qabul jarayonlarida ota-onalar, maktab o‘qituvchilari va fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha qilgan murojaatlari mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularni joyida ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti.

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *