JONDORDA “YoSHLAR FESTIVALI” HAFTALIGI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

Viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jondor tumanida ham “Yoshlar festivali” haftaligi qizg‘in davom etmoqda.
Bugun, 21 dekabr kuni tumandagi 14-sonli musiqa va san’at maktabida “Ijod va she’riyat kechasi” hamda “Maqom va qo‘shiqlar” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotga, san’atga ishtiyoqmand yosh havaskor o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Matematika maktabida esa “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in kechgan ushbu intellektual musobaqaning final bosqichida 4 ta jamoa o‘zaro bellashib, yakunda 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari g‘oliblikka erishishdi.

Tumanning “Oxshix” sport majmuasida tashkil etilgan musobaqalarda o‘quvchilar sportning stol tennisi hamda mini futbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Bir so‘z bilan aytganda, bayramona tarzda o‘tayotgan “Yoshlar festivali” o‘quvchi-yoshlar uchun o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkonini yaratmoqda.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Author: Buxoro viloyat XTB

AKT

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *