🔹Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Maktab travel” turistik agentligi hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltiruvchi “ORZUIM” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. 🔹 Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari ishtirokida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli tashkilotlar va hunarmandchilik markazlariga sayohatlar uyushtiriladi. 🔹 Sayohat mobaynida shuningdek, o‘quvchilar tarixiy obidalar, qadamjolar va me’moriy yodgorliklar bilan ham tanishadilar. 🔹Buxoro shahridagi 4-IDUM o‘quvchilari “Orzuim” loyihasining ilk ishtirokchilari bo‘lishdi. “Buxoro cotton textile cluster” korxonasida bo‘lib, yirik korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mutaxassislar … Continue reading “Yangicha tashabbus ❇️BUXORO MAKTABLARIDA “ORZUIM” LOYIHASI”
HAR BIR MUROJAAT BOSHQARMA BOSHLIGʻI E’TIBORIDA BO‘LDI
Posted on Февраль 12, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on HAR BIR MUROJAAT BOSHQARMA BOSHLIGʻI E’TIBORIDA BO‘LDI🔹Bugun, 12 fevral kuni Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva Peshko‘ tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. 🔹Qabulda fuqarolar tomonidan maktabga qo‘shimcha bino qurib berish, qo‘shimcha sinf xonalari tashkil etish, isitish tizimlarini ta’mirlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi masalalarga qaratilgan o‘nga yaqin murojaatlar kelib tushdi. 🔹Boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir murojaatga jiddiy e’tibor qaratilib, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi. 🔹Qabul jarayonida fuqarolardan tushgan har bir murojaatga nisbatan tegishli … Continue reading “HAR BIR MUROJAAT BOSHQARMA BOSHLIGʻI E’TIBORIDA BO‘LDI”
Tahlil va natija MUROJAATLAR HAMISHA E’TIBORDA
Posted on Февраль 11, 2021Февраль 11, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on Tahlil va natija MUROJAATLAR HAMISHA E’TIBORDAFuqarolarni qiynayotgan muammo va tashvishlarni aritish, ularga har tomonlama ko‘mak berish davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotgan ayni bir paytda Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2020 yil davomida xalq ta’limi boshqarmasiga jami 73 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 25 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 27 tasi Xalq ta’limi vazirligining ishonch telefoni orqali, 14 tasi bevosita xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i nomiga kelib tushgan, 7 tasi esa turli arizalarni tashkil etadi. Yozma … Continue reading “Tahlil va natija MUROJAATLAR HAMISHA E’TIBORDA”
“SAYYOR QABUL OYLIGI” DOIRASIDA O‘NLAB MUROJAATLAR O‘Z JOYIDA YECHIM TOPDI
Posted on Февраль 11, 2021Февраль 11, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on “SAYYOR QABUL OYLIGI” DOIRASIDA O‘NLAB MUROJAATLAR O‘Z JOYIDA YECHIM TOPDIFuqarolarni qiynayotgan muammo va tashvishlarini aritish, ularga har tomonlama ko‘mak berish ayni paytda har bir davlat idorasi, tashkilot rahbarining eng dolzarb va ezgu vazifasiga aylandi. Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan 2020 yilning 10 dekabridan 2021 yilning 10 yanvariga qadar joriy etilgan “Sayyor qabul oyligi” ham tizimda olib borilayotgan islohotlarga keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Aytish joizki, mazkur oylik Buxoro viloyatida ham nihoyatda samarali kechdi. Oylik doirasida 2020 yilda barcha … Continue reading ““SAYYOR QABUL OYLIGI” DOIRASIDA O‘NLAB MUROJAATLAR O‘Z JOYIDA YECHIM TOPDI”
13 YOSHLI JAVOHIR – XALQARO OLIMPIADALAR GʻOLIBI
Posted on Февраль 2, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on 13 YOSHLI JAVOHIR – XALQARO OLIMPIADALAR GʻOLIBIHIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko‘magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlaridan o‘quvchilar ishtirok etib kelishmoqda. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar ingliz tilida so‘zlashish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalari bo‘yicha bellashadilar. Yosh bo‘lishiga qaramay, tirishqoqligi, izlanuvchanligi tufayli ingliz tilini chuqur o‘rganishga kirishgan Buxoro shahridagi 12-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Javohir Mirzaqulov ushbu olimpiadaning faol ishtirokchilaridan biriga … Continue reading “13 YOSHLI JAVOHIR – XALQARO OLIMPIADALAR GʻOLIBI”
BIR YILDA RESPUBLIKADA “YILNING ENG YAXSHI FAN O‘QITUVChISI”, UCh YILDA OLIY TOIFALI PEDAGOGLIK MAQOMIGA ERISHGAN 28 YOSHLI MUALLIMA
Posted on Февраль 2, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on BIR YILDA RESPUBLIKADA “YILNING ENG YAXSHI FAN O‘QITUVChISI”, UCh YILDA OLIY TOIFALI PEDAGOGLIK MAQOMIGA ERISHGAN 28 YOSHLI MUALLIMAHikoyam qahramoni Barchinoy Karimova endigina 28 yoshga qadam qo‘ydi. Men faoliyat yurtiyotgan Buxoro shahridagi 39-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 2018 yilda ilk pedagoglik faoliyatini o‘zbek tili fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. O‘shandayoq bu yosh pedagog izlanuvchanligi, ijodkorligi va tirishqoqligi bilan ko‘pchilikni hayron qoldirgan. Ayni shu sifatlari tufayli u faoliyatining dastlabki yilidanoq birin-ketin yutuqlarga erisha boshladi. 2019 yilda dastlab “Eng yaxshi videodars” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida, “Eng yaxshi metodik tavsiya” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinlarni egalladi. Shu yili uning “Yilning eng yaxshi fan … Continue reading “BIR YILDA RESPUBLIKADA “YILNING ENG YAXSHI FAN O‘QITUVChISI”, UCh YILDA OLIY TOIFALI PEDAGOGLIK MAQOMIGA ERISHGAN 28 YOSHLI MUALLIMA”
SAYYOR DARSLAR O‘QUVChILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI OSHIRMOQDA
Posted on Февраль 2, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on SAYYOR DARSLAR O‘QUVChILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI OSHIRMOQDAMamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko‘nikmalarini ham shakllantirib borishdan iboratdir. Jondor tumanidagi 5-umumta’lim maktabida ham o‘quvchilarga zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirib borish, kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning kasb mashaqqati va foydasi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun maktab yaqinidagi tandirsozlik, … Continue reading “SAYYOR DARSLAR O‘QUVChILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI OSHIRMOQDA”
BUXOROLIK O’QUVCHI “BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHISI” LOYIHASI GRANTINI QO‘LGA KIRITDI
Posted on Январь 19, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on BUXOROLIK O’QUVCHI “BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHISI” LOYIHASI GRANTINI QO‘LGA KIRITDIOtabek Sharipov G’ijduvon tumanidagi 17- maktabning 10- sinfida tahsil oladi. Ayni paytda jamiyatning barcha sohalarida zarur bo’lgan zamonaviy dasturlash yo’nalishi bo’yicha o’z bilimini oshirib borayotgan bu iste’dodli o’quvchi mahalliy va xorijiy davlatlar tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, dasturlashning turli yo’nalishlari bo’yicha 10 ta diplom, dasturlash tillari bo’yicha o’quv kurslarini yakunlab 20 ta sertifikatga ega bo’ldi. Yaqinda “Bir Million O’zbek Dasturchisi” loyihasida Nanodegree granti uchun bo’lgan imtihonda yuz foizlik natija ko’rsatib, Udacity platformasida bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiritdi. -Prezidentimizning … Continue reading “BUXOROLIK O’QUVCHI “BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHISI” LOYIHASI GRANTINI QO‘LGA KIRITDI”
LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri
Posted on Январь 15, 2021Январь 15, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biriQorako‘l Xalqaro matematika maktabining 10-sinfida tahsil olayotgan Lazizbek ayni paytda matematika fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi va “Yosh olimlar kengashi” a’zosi. 🔹2018 yilda u Bolgariya davlatining Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiada va Ozarbayjonda o‘tkazilgan matematika, fizika va ximiya fanlari bo‘yicha Xalqaro olimpiadalarning shaxsiy va jamoaviy bellashuvlarida kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 🔹2019 yilda Buxoro ochiq matematika olimpiadasi va “Yosh matematik” olimpiadasida ishtirok etib, 2-darajali diplomlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, matematika fanidan o‘tkazilgan “SEAMO-2019” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida oltin, “SEAMO-2020” olimpiadasining … Continue reading “LAZIZBEK RAJABBOYeV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri”
ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldi
Posted on Январь 15, 2021Categories Yangiliklar Leave a comment on ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldiQorako‘l tuman xalqaro matematika maktabining 9-sinfida tahsil olayotgan bu iqtidorli o‘quvchi 2019 yilda Janubiy Afrika davlatining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan matematika fani bo‘yicha IMC-2019 Xalqaro olimpiadasida yakka tartibda oltin, jamoaviy hisobda bronza medalini qo‘lga kiritgan. 🔹Shu yili u Ozarbayjon davlatining Boku shahrida o‘tkazilgan “Istedodlarni tayyorlash lobaratoriyasi” olimpiadasida matematika, fizika va ximiya fanlaridan ishtirok etib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 🔹2020 yilning oktyabr oyida matematika fanidan o‘tkazilgan “SEAMO” olimpiadasining saralash Respublika bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 🔹Joriy yilda o‘tkazilgan fan olimpiadalarining viloyat … Continue reading “ANVARBEK RAXMATOV – 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasining bronza medali sohibi bo‘ldi”